logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta Gabriel Jezus asosiy tarkibga qaytishi mumkinligini aytdi

 22 DEKABR, 2025, 22:48

Yaqinda "Arsenal" hujumchisi Gabriel Jezus tizzasidan olgan jarohatidan tiklanib safga qaytdi. O'shandan beri braziliyalik futbolchi uch marta zaxiradan maydonga tushdi. "Kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta Jezus Liga kubogi doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinni asosiy tarkibda boshlay oladimi, degan savolga javob berdi.

- Ha, mumkin. Buni qanchalik istashi hozirdanoq ko'rinib turibdi. Tez orada u o'z imkoniyatiga ega bo'ladi," - deya Artetaning so'zlarini keltiradi Goal portali.

"Arsenal" va "Kristal Pelas" 23 dekabr, seshanba kuni Liga kubogining chorak final uchrashuvini o'tkazadi. Qarama-qarshilik g'olibi yarim finalga yo'l oladi va u erda "Chelsi"ga qarshi o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ