logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" tarixda kuzatilmagan rekordni o'rnatdi

 22 DEKABR, 2025, 21:00

"Bavariya" Germaniya Bundesligasi tarixiga kirdi. Opta’ning yozishicha, myunxenliklar Germaniya chempionati turnir jadvalida butun 2025 yil davomida 34 ta turning har biridan so'ng birinchi o'rinni egallab kelgan.

Bungacha Bundesliga tarixida kalendar yilining barcha turlaridan keyin bir jamoa peshqadamlik qilgan holat kuzatilmagan.

"Bavariya"ning bu rekordini boshqa jamoa takrorlashi juda qiyin bo'ladi.

2025 yildagi so'nggi o'yinda "Bavariya" safarda "Xaydenxaym"ni 4:0 hisobida mag'lub etgandi. Vensan Kompani jamoasi Bundesligada 2-o'rindagi "Borussiya"ni 9 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ