"Roma" "Manchester Yunayted" uchun dastlabki taklifni yubordi
22 DEKABR, 2025, 17:48
"Roma" "Manchester Yunayted" forvardi Joshua Zirkzening transferi uchun jami 40 million evro atrofida mablag' taklif qildi.
Il Messaggero xabariga ko'ra, Italiya klubi futbolchini kelasi yozda 30 million evroga sotib olish huquqi bilan 5 million evroga ijaraga olmoqchi.
Bundan tashqari, rimliklar jamoa Chempionlar ligasiga yo'llanma olgan taqdirda bonus taqdim etishadi.
Joriy mavsumda Zirkzee APLda 10ta o'yin o'tkazib, 1ta gol urdi.
