logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Portugaliya ustozi APLdagi ishini yodga oldi

 22 DEKABR, 2025, 16:18

Portugaliya terma jamoasi ustozi Roberto Martines "Everton"dagi faoliyatini esladi.

Martines 2013-2016 yillarda ushbu klubga ustozlik qilgan.

"Biz Fellayni, Anichebeni sotishga majbur bo'ldik, Jeyms Makkarti, Garet Barri, Romelu Lukakuni sotib oldik. O'ylashimcha, sovrin qo'lga kiritish uchun bizga bitta transfer oynasi etishmadi," - deya Martinesning so'zlarini keltiradi Eurofootcom.

"Ko'p o'yinlarda kichik xatolar tufayli mag'lub bo'ldik va ishonchim komilki, agar g'alaba qozonganimizda, klubda ishlash uchun ko'proq vaqtga ega bo'lardim. Ortga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizdan juda faxrlanaman. Bu uch mavsumda o'tkazgan ba'zi o'yinlarimiz yuqori saviyada bo'ldi".

Martines "irislar" safidagi ilk mavsumida (2013/14) APLda 5-o'rinni egalladi. Keyin ketma-ket ikki bor 11-o'rin bilan cheklandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ