"Bunyodkor" "Nasaf" yarim himoyachisi bilan og'zaki kelishuvga erishdi
22 DEKABR, 2025, 16:06
Toshkentning "Bunyodkor" klubi "Nasaf" markaziy yarim himoyachisi Javohir Sidiqov bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
TopPodcast xabariga ko'ra, "qaldirg'ochlar" 29 yoshli futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishdi.
Hozirda Transfermarkt 300 ming evroga baholayotgan Sidiqov ortda qolgan mavsumda jami 22 ta o'yinda 1 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi.
