"Monako" bosh murabbiyi: "Pogba o'z ustida ishlayapti"
22 DEKABR, 2025, 15:12
"Monako" bosh murabbiyi Sebastyan Pokonoli Pol Pogbaning hozirgi holati uni xavotirga solmasligini aytdi.
32 yoshli yarim himoyachi Frantsiya kubogida "Oser"ga qarshi o'yinda tarkibga kiritilmagan edi. Pogba ilgari Liga 1 doirasida "Marsel"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgan va Chempionlar Ligasidagi "Galatasaroy"ga qarshi uchrashuvda zaxira o'rindig'ida qolgan edi.
"Pogbaning sodir bo'lgan voqeadan keyin yana o'ziga kelgani ta'sirli. Lekin hozir men kelajakka qaray olmayman. U o'z ustida ishlayapti va biz uni qo'llab-quvvatlayapmiz.
Men haddan tashqari xavotirda emasman", dedi Pokonoli.
Pogba 2025 yilning yozida doping iste'mol qilgani uchun diskvalifikatsiyasi tugaganidan keyin erkin agent maqomida "Monako"ga o'tgandi. Joriy mavsumda futbolchi "Monako" safida Frantsiya chempionatida uchta o'yinda maydonga tushdi va samarali harakat qilmadi.
