"Manchester Siti" norvegiyalik futbolchisini ijaraga berishi mumkin
22 DEKABR, 2025, 14:42
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Oskar Bobb Angliya Premer-ligasining boshqa klubiga o'tishi mumkin. Bu haqda Mail Sport jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ma'lum bo'lishicha, norvegiyalik futbolchini "Kristal Pelas" o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Burgutlar" Bobbni joriy mavsum yakuniga qadar ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
22 yoshli yarim himoyachi 2023 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilmoqda. Bobbning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxirida o'z nihoyasiga etadi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.
Angliya chempionatining joriy mavsumida Oskar 9 ta o'yin o'tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
