Rodjers «Aston Villa» tarixiga o'z ismini yozdirib qo'ydi
22 DEKABR, 2025, 14:00
"Aston Villa" hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers Angliya Premer-ligasida ketma-ket ikkinchi o'yinda dubl qayd etdi.
OptaJoe xabariga ko'ra, Rodjers "Aston Villa" safida Dion Dablindan (1998 yil noyabr) keyin Angliya chempionatida ketma-ket ikki o'yinda ikki va undan ortiq gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Premer-liga 17-turi doirasida "Aston Villa" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni mag'lub etdi. O'yin 2:1 hisobida yakunlandi.
Rojers joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 ta uchrashuvda ishtirok etib, ettita gol urdi va beshta assist muallifi bo'ldi.
