«Real» fanatlarining 86 foizi o'z yulduzining ketishini ma'qulladi
22 DEKABR, 2025, 13:42
Madridning "Real" klubi muxlislari braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni sotib yuborish tarafdori. Bu haqda Marca gazetasi xabar berdi.
O'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, "qirollik klubi" muxlislarining 86 foizi hujumchini jamoada ko'rishni ortiq istamaydi. Braziliyalik futbolchining "Real" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozida yakuniga etadi. Hujumchining narxi 150 million evroga baholanmoqda.
Vinisius joriy mavsumning birinchi yarmida Madrid grandi safida 22 ta uchrashuv o'tkazdi. Hujumchi beshta gol va ettita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
