logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nevill: «U gol urishi shart edi»

 22 DEKABR, 2025, 13:18

"Manchester Yunayted"ning mashhur sobiq himoyachisi Gari Nevill "Aston Villa"ga qarshi o'yinda hujumchi Mateus Kunyaning xatoga yo'l qo'ygani haqida gapirdi.

"Qizil iblislar" yakshanba kuni bo'lib o'tgan Premer-liga bahsida mag'lubiyatga uchradi - 1:2. Uchrashuvning 67-daqiqasida braziliyalik futbolchi hisobni tenglashtirishi mumkin edi, biroq u qulay vaziyatdan darvozaga aniq zarba bera olmadi.

"Yo Xudoyim... Bu xatodan yomonroq narsa topish qiyin. U gol urishga majbur edi. Mauntning ajoyib uzatmasi, Dorguning ajoyib krossi. Kunya aniq zarba berishi qolgandi. Uning bahonasi yo'q. U gol urishi kerak edi," - dedi Sky Sports eksperti.

Aynan Mateus Kunya "Yunayted"ning Birmingemdagi yagona goliga mualliflik qildi - u birinchi bo'lim oxirida o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ