logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:07
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Jahon chempionati sovrindorlari Toshkentda tantanali kutib olindi + FOTO

 22 DEKABR, 2025, 12:48

O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan rapid va blic yo'nalishi bo'yicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallagandi.

Bu haqda O'zbekiston shaxmat federaciyasi matbuot xizmati xabar bermoqda. 9-17 yoshlilar o'rtasidagi dunyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoasi azolari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

16-21 dekabr kunlari o'tkazilgan ushbu nufuzli musobaqada 33 davlatdan 314 nafar shaxmatchi ishtirok etdi. O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatida 36 nafar iqtidorli shaxmatchi bilan qatnashib, yuqori natija qayd etdi.

Musobaqa yakunlariga ko'ra, shaxmatchilarimiz rapid va blic bahslarida jami 12 ta medalni qo'lga kiritishdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza

Ushbu natija bilan terma jamoamiz umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.


Jahon chempionatida medalga sazovor bo'lgan shaxmatchilar:

Omonov Asrorjon — 17 yoshgacha, rapid, oltin medal

Begmuratov Xumoyun — 15 yoshgacha, rapid, oltin medal; blic, bronza medal

Olimova Ruqiya — 15 yoshgacha (qizlar), rapid, oltin medal

Xalilova Madinabonu — 17 yoshgacha (qizlar), rapid, kumush medal; blic, oltin medal

Komiljonova Lazizabonu — 13 yoshgacha (qizlar), blic, oltin medal

Botiraliev Abdimajid — 13 yoshgacha, rapid, kumush medal

Hikmatxonova Moxinur — 13 yoshgacha (qizlar), blic, bronza medal

Xusnitdinova Xusnoraxon — 11 yoshgacha (qizlar), blic, bronza medal

Abduxakimov Akbarali — 17 yoshgacha, blic, bronza medal

Nematillaxonov Nurmuhammad — 9 yoshgacha, rapid, bronza medal












Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ