Amorim jiddiy yo'qotishlarga echim topishi kerak
22 DEKABR, 2025, 12:30
"Manchester Yunayted" ustozi Ruben Amorim APLning "Nyukasl"ga qarshi uy uchrashuvi oldidan jarohat olgan Brunu Fernandesh va Kobbi Maynuga o'rinbosar topishiga ishonmoqda. O'yin 26 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
"Menimcha, Maynu va Brunu "Nyukasl"ga qarshi o'ynamaydi.
Biz, albatta, echim topamiz. Shubhasiz. Keyingi o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak," - dedi Amorim.
