logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:26
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" van Deykka top-klubdan o'rinbosar topdi

 22 DEKABR, 2025, 11:30

Milanning "Inter" klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni "Liverpul"ga o'tishi mumkin.

Angliya grandi vakillarining fikricha, italiyalik futbolchi joriy mavsum yakunlangach, transfer masalasini bajonidil ko'rib chiqadi. TEAMtalk xabariga ko'ra, "Liverpul" 26 yoshli futbolchini jamoaning amaldagi sardori Virjil van Deykka uzoq muddatli o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Alessandro Bastoniga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda. Yaqinda OAVda "Inter" futbolchiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi.

"Neradzurrilar" yulduzining transfermarkt talqiniga ko'ra narxi 80 mln evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ