logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bu jasorat!" - Tramp Jeyk Pol - Joshua jangi haqida gapirdi

 22 DEKABR, 2025, 11:00

AQSH prezidenti Donald Tramp superog'ir vaznda IBF, WBA, WBO, IBO yo'nalishlari sobiq chempioni Entoni Joshua hamda WBA reytingida 14-o'rinda borayotgan Jeyk Pol o'rtasidagi jang haqida fikr bildirdi.

Ushbu professional qoidalar asosida o'tkazilgan jang ikki kun avval Mayami (Florida, AQSH) shahrida bo'lib o'tgan va Joshuaning oltinchi raunddagi nokautli g'alabasi bilan yakuniga etgandi.

"Hozirgina samolyotda Jeyk Polning jangini tomosha qildim. U o'zini haqiqatan ham yaxshi ko'rsatdi, ayniqsa, o'ta tajribali va gavdali Entoni Joshua bilan jangda katta jasorat ko'rsatdi. Ajoyib tomosha! Jeykka uning chidamliligi va ancha yirik raqibga qarshi jangdagi mahorati uchun alohida maqtov!", - deb yozdi Tramp ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ