logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roy Jons ayni damda dunyoning eng yaxshi bokschisini aytdi

 22 DEKABR, 2025, 10:32

Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni, amerikalik 56 yoshli Roy Jons hozirda dunyoning eng yaxshi bokschisini etirof etdi.

"Agar Terens Krouford rostdan ham nafaqaga chiqqan bo'lsa, demak ayni paytdagi eng kuchli bokschi bu Usik bo'lishi kerak. Aleksandr, shubhasiz, eng yaxshisi!", - dedi kichik Jons YouTube’dagi Fight Hype TV kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, 20 iyul kuni Londondagi "Uembli" stadionida bo'lib o'tgan so'nggi jangda Usik britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko'tarilgan edi. O'sha jangning beshinchi raundida Aleksandr raqibini nokautga uchratgandi. Bokschilar uchun bu revansh maqomidagi jang edi.

Usikning professional rekordida 24 ta g'alaba bor, shundan 15 tasi muddatidan oldin qo'lga kiritilgan, birorta ham mag'lubiyat yo'q. Aleksandr Usik 2013 yil noyabr oyida professional sifatida debyut qilgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ