Isak uzoq vaqtga safdan chiqdi
22 DEKABR, 2025, 08:30
"Liverpul" hujumchisi Aleksandr Isak yaqin orada jamoaga yordam bermaydi.
Shvetsiyalik forvard shanba kuni Premer-ligada "Tottenxem"ga qarshi o'yinda (2:1) jarohat oldi. Jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, "Liverpul"ning xavotirlari o'z tasdig'ini topmoqda: barchasi hujumchining oyog'ida sinish borligini ko'rsatmoqda. Tez orada 26 yoshli futbolchi qo'shimcha tekshiruvlardan o'tadi, bu katta ehtimol bilan tashxisni tasdiqlaydi. Bunday jarohatlardan keyin tiklanish odatda bir necha oy davom etadi.
"Liverpul" Aleksandr Isakni joriy mavsum boshida "Nyukasl"dan 145 mln evroga sotib olgan edi. Futbolchi Arne Slot jamoasi safida 16 ta o'yinda 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
