logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Nevillning fikricha, "Chelsi" va Mareska bir-biriga to'g'ri kelmaydi

 22 DEKABR, 2025, 08:12

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill "Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska haqida fikr bildirdi.

So'nggi vaqtlarda matbuotda italiyalik mutaxassis va klub bosslari o'rtasidagi kelishmovchiliklar qizg'in muhokama qilinmoqda. Bunday gap-so'zlarga murabbiyning matbuot anjumanlarida aytgan gaplari sabab bo'ldi.

"Mareska - ajoyib murabbiy, ammo menda unga tajribali futbolchilar kerak, "Chelsi"ning hozirgi tarkibiga esa tajribaliroq murabbiy kerak, degan tasavvur paydo bo'ldi. Bu jamoa Mareska uchun juda yosh," - dedi Nevill.

"Ko'klar" Premer-liga 17-turidan keyin turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda bormoqda. 27 dekabr kuni londonliklar o'z uylarida "Aston Villa"ni qabul qilishadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ