logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barselona" so'nggi 12 yil ichida yangi rekord o'rnatdi

 22 DEKABR, 2025, 08:00

"Barselona" "Vilyarreal" darvozasiga javobsiz ikkita to'p kiritib, sermahsul o'yinlar seriyasini uzaytirdi.

Ispaniya chempionatining yakshanba kungi bahsida "ko'k-anorranglilar" Rafinya Dias va Lamin Yamalning 12 va 63-daqiqalardagi aniq zarbalari evaziga zafar quchdi. Kataloniya grandi La Ligada ketma-ket 38 o'yinda kamida bittadan gol urmoqda - bu 2013 yildan beri klub rekordi, deb yozadi Opta. 12 yil oldin "Barsa" ketma-ket 64 uchrashuvda gol urishga muvaffaq bo'lgandi - bu liga tarixidagi eng uzoq davom etgan seriya.

Xans-Diter Flik jamoasining navbatdagi raqibi "Espanol." Barselona derbisi 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Amaldagi chempionlar Madridning "Real" klubini 4 ochkoga ortda qoldirib, yilni turnir jadvalida birinchi o'rinda yakunlamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ