MMA afsonalaridan biri Anderson Silva endi policiyachi
22 DEKABR, 2025, 07:32
Kuni kecha sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini boks bahsida nokautga uchratgan 50 yoshli Anderson Silva policiyachi sifatida yangi faoliyatini boshlamoqchi.Braziliyalikning so'zlariga ko'ra, u yaqin orada Beverli-Xillz policiya departamentiga qo'shilish uchun policiya akademiyasida o'qishni boshlaydi.
"Men hozirdanoq ishga qaytaman va Beverli-Xillz policiya departamenti policiya akademiyasida o'qishni boshlayman", - dedi sobiq UFC chempioni Anderson Silva.
Malumot uchun, Anderson Silva deyarli yigirma yil oldin UFC`dagi faoliyatining eng yuqori cho'qqisida Braziliyadan Kaliforniyaga ko'chib o'tganidan beri u erda yashaydi.U endi jamiyat oldidagi fuqarolik burchini bajarmoqchi.

Manba: olamsport.com
