logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:54
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Germaniya chempionati. «Bavariya» «Xaydenxaym» darvozasiga javobsiz 4 bor yo'l topdi

 21 DEKABR, 2025, 23:30

"Bavariya" safarda Germaniya chempionatining 15-turida "Xaydenxaym"ni mag'lub etdi - 4:0.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Yosip Stanishich hisobni ochdi. 32-daqiqada Maykl Olise myunxenliklarning ikkinchi golini urgan bo'lsa, 86-daqiqada Luis Dias Stanishichning uzatmasidan keyin hisobni yirik ko'rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Xarri Keyn mehmonlarning to'rtinchi golini urdi.

"Bavariya" bu mavsum Bundesligada birorta o'yinda mag'lubiyatga uchramadi va 41 ochko bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. "Xaydenxaym" 11 ochko bilan so'nggi, 17-o'rindan bir pog'ona oldinda bormoqda.

Keyingi turda myunxenliklar 11 yanvar kuni "Volfsburg"ni qabul qiladi, "Xaydenxaym" esa bir kun avval o'z maydonida "Kyoln"ga qarshi bahs olib boradi.

Germaniya chempionati. 15-tur
21 dekabr, 21:30. «Voith-Arena» (Xaydenxaym)
Xaydenxaym - Bavariya - 0:4
Gollar: Stanishich, 15 (0:1). Olise, 32 (0:2). Dias, 86 (0:3). Keyn, 90 (0:4)
Xaydenxaym: Ramay, Gimber, Maynka, Bush (Nixyus, 66), Ferenbax, Dorsh, Sheppner (Kaufmann, 66), Traore, Xonzak (Shimmer, 46), Kerber (Ibragimovich, 46), Piringer (Konte, 66)
Bavariya: Urbig, Ito (Deyvis, 73), Ta, Upamekano (Kiala, 90), Stanishich, Rafael Gerreyru (Santush Dayber, 72), Goretska, Dias, Karl (Gnabri, 63), Olise (Mayk, 90), Keyn
Hakam: Badshtyubner (Germaniya)

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ