logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

AS: Kunde Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuborishi mumkin

 21 DEKABR, 2025, 23:06

"Barselona" himoyachisi Jyul Kunde yakshanba kuni La Liga doirasidagi "Vilyarreal"ga qarshi o'yinida zaxiraga olindi.

Jurnalist Xavi Migelning AS nashriga tayanib xabar berishicha, Kunde tizza osti payini jarohatlab olgan. Frantsiyalik himoyachi Ispaniya Superkubogini o'tkazib yuborishi mumkin.

Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Barselona" "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi. O'yin 7 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Bu "ko'k-anorranglilar"ning 2026 yildagi ikkinchi o'yini bo'ladi - 3 yanvar kuni Xans-Diter Flik jamoasini La Ligada "Espanol"ga qarshi derbi kutib turibdi.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" safarda Rafinya va Lamin Yamalning gollari evaziga "Vilyarreal"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ