Levandovski Messi va Ronalduning tarixiy natijasini takrorladi
21 DEKABR, 2025, 22:36
Robert Levandovski Evropaning top-5 ligalaridagi 500-uchrashuvini o'tkazdi.
"Barselona" hujumchisi La Liga 17-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushdi.
Dortmundning "Borussiya" va "Bavariya" klublarida to'p tepgan polshalik forvard hisobida Evropaning beshta etakchi chempionatida (Ispaniya, Angliya, Germaniya, Italiya, Frantsiya) 389 ta gol bor.
Bu Lionel Messi (496 ta gol) va Krishtianu Ronalduning (495 ta gol) ko'rsatkichlaridan keyin 500 o'yindan iborat tarixdagi uchinchi natijadir.
