«Qizilqum» Samandar Shukrullaev bilan shartnomani uzaytirdi
21 DEKABR, 2025, 22:30
O'tgan yili «Qizilqum» tarkibida to'p tepib, navoiylik muxlislar ishonchini qozongan futbolchilar bilan shartnomani uzaytirish davom etmoqda.
Bugun qashqadaryolik markaziy himoyachi Samandar Shukrullaev bilan amaldagi shartnoma yana bir yilga uzaytirildi. Eslatib o'tamiz, Samandar yakunlangan mavsumda klub libosida umumiy hisobda 27 ta bahsda maydonga tushib, 2 231 daqiqa harakat qilgan.
