logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Erling Xoland ushbu ko'rsatkich bo'yicha APLdagi eng yaxshi natijani qayd etmoqda

 21 DEKABR, 2025, 22:24

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasining 17-turida «Vest Xem»ga qarshi bahsda (3:0) hisobni ochdi.

Shu tariqa, norvegiyalik forvard joriy mavsumda APLda o'z jamoasining birinchi golini 10-uchrashuvda kiritdi. Bu Angliya chempionatida katta farq bilan eng yuqori natija hisoblanadi. Bu haqda Opta Sport’ning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti xabar berdi.

Xoland, shuningdek, «shaharliklar»ning birinchi golini «Vulverxempton» (4:0), «Brayton» (1:2), «Arsenal» (1:1), «Brentford» (1:0), «Everton» (2:0), «Bornmut» (3:1), «Liverpul» (3:0), «Fulxem» (5:4) va «Kristal Pelas» (3:0) jamoalariga qarshi o'yinlarda ham kiritgan.

Qayd etilishicha, 2025/2026 yilgi mavsumda hech bir futbolchi APLning beshtadan ortiq uchrashuvida hisobni ochmagan.

Joriy mavsumda 25 yoshli Erling Xoland Angliya chempionatida klub safida 17 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ