Semeno noyob natijani takrorladi
21 DEKABR, 2025, 18:30
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno bir kalendar yilida Angliya Premer-ligasida 20 dan ortiq golda ishtirok etgan ikkinchi ganalik futbolchi bo'ldi. Bu haqda OptaJoe xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, bunday o'yinchilarning birinchisi Toni Yeboa bo'lib, u 1995 yilda "Lids" safida 22 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Joriy kalendar yilida 25 yoshli Semeno 14 marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Bundan tashqari, uning hisobida 6 ta assist mavjud.
Yil oxirigacha "Bornmut" "Brentford" va "Chelsi"ga qarshi o'ynashi kerak.
Ayni paytda "giloslar" 22 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida 14-o'rinni egallab turibdi.
