"Liverpul", "Manchester Siti" yoki "Manchester Yunayted": Semeno tanlov qildi
21 DEKABR, 2025, 17:48
"Bornmut" vingeri Antuan Semeno yuqori darajadagi o'yini sabab APL grandlari e'tiborini tortdi. Katta ehtimol bilan 25 yoshli ganalik qishda jamoasini o'zgartiradi.
The Guardian’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, Semenoning tanlovi quyidagicha: ustuvor variant - "Liverpul", ikkinchi o'rinda - "Manchester Siti", uchinchi o'rinda - "Manchester Yunayted".
Umuman olganda, Semeno "Liverpul" bilan kelisha olmagan taqdirdagina "Siti"ga o'tadi. "Yunayted" esa futbolchi uchun kurashda g'alaba qozonishi juda qiyin bo'ladi.
Qayd etilishicha, Antuan Semenoning shartnomasida uni 65 million funt - taxminan 74 million evroga sotib olish imkoniyati ko'rsatilgan.
