logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:01
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fyuri Joshuani haqorat qildi

 21 DEKABR, 2025, 16:54

Britaniyalik super og'ir vazn toifasi vakili Tayson Fyuri amerikalik Jeyk Polga qarshi kechgan jangdan keyig hamyurti Entoni Joshuaga murojaat qildi.

"Hozirgina menga Entoni Joshua "Agar men kimnidir o'ldirsam, boks ringida o'ldiraman" degan videoni yuborishdi. Bunday bema'ni gaplarni gapirmoq uchun u juda qari deb o'ylayman. U 37 yoshda va karerasining so'nggi pallasida u YouTuber bilan, Tommi allaqachon kaltaklagan Disney kanalidagi yigit bilan jang qildi.

Mana senga kulgili fakt: agar qachondir sen bilan to'qnash kelib qolgudek bo'lsam, seni tilka-pora qilib tashlayman. Men senga yutuber ham, sendan ikki baravar kichik odam ham emasman. Men o'sha haqiqiy erkakman.

Sen 15 oy oldin mahalliy yigitdan nokaut bilan mag'lub bo'lib qaytgan omadsiz, qadr-qimmatsiz yigitsan", - dedi Fyuri.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ