logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:56
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Arteta Edegorning qarorini maqtadi

 21 DEKABR, 2025, 15:18

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta APLning 17-turidan o'rin olgan "Everton"ga (1:0) qarshi o'yindan so'ng yarimhimoyachi Martin Edegorning o'yini va uning penalti tepish huquqini "kanonirlar" hujumchisi Viktor Dyokereshga bergani haqida fikr bildirdi.

"Ajoyib qaror. Bu sardorning fidoyiligi va bosim ostida qolgan o'yinchiga yordam berish istagini ko'rsatadi. Bu ham uning sherigiga bo'lgan ishonchini bildiradi. U Viktorni har kuni mashg'ulotlarda ko'radi. U gol urdi va o'yinchilar mas'uliyatni o'z zimmalariga olib, qarorlarni o'zlari qabul qilishlari menga juda yoqadi. Bu juda ijobiy holat", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ