logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Real" rahbariyati nimadan xavotirda?

 21 DEKABR, 2025, 14:54

Madridning "Real" klubi rahbariyatini ayni damda Xabi Alonso jamoasining jismoniy holati ko'proq tashvishga solmoqda. Bu haqda AS xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, so'nggi mavsumlarda "qaymoqranglilar"ning funktsional tayyorgarligi uchun fitnes murabbiyi Antonio Pintus mas'ul bo'lgan. Biroq o'tgan yozdan italiyalik mutaxassis "Qirollik klubi"da ish samaradorligi bo'yicha menejer lavozimiga o'tdi. Shu bilan birga, "Real" uchta musobaqada ishtirok etayotgani Xabi Alonsoning foydasiga gapirmoqda.

Ispaniya Primerasining 18 o'yinidan so'ng, Madrid jamoasi 42 ochko to'pladi va hozirda peshqadam "Barselona"dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o'rinda bormoqda, ammo Kataloniya klubida zaxira o'yini bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ