logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Bavariya" o'z yulduziga "juda foydali" taklif bilan chiqdi

 21 DEKABR, 2025, 12:48

"Bavariya" markaziy himoyachi Dayo Upamekanoni shartnomani uzaytirishga ko'ndirish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

27 yoshli futbolchining mehnat shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o'z nihoyasiga etadi va bundan uni erkin agent sifatida o'z safiga qo'shib olishni istagan boshqa klublar ham foydalanishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning ta'kidlashicha, yaqinda myunxenliklar frantsuz vakili bilan yangi muzokaralardan so'ng moliyaviy jihatdan "juda foydali" taklif bilan chiqqan. Futbolchi kelajak bo'yicha yakuniy qarorga kelishga shoshilmayapti, "Bavariya" esa imkon qadar tezroq javob olishni istaydi.

Mish-mishlarga ko'ra, Dayo Upamekanoga Madridning "Real", "PSJ" va Angliya Premer-ligasi grandlari qiziqish bildirmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ