logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:46
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Arsenal" forvardi "Milan"ga takroran taklif qilindi

 21 DEKABR, 2025, 12:42

Londonning "Arsenal" klubi braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus faoliyatini "Milan"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluiji Longari xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 28 yoshli Jezusning xizmatlarini "Milan"ga yana taklif qilishgan. Ayni paytda tomonlar futbolchini ijaraga olish masalasini muhokama qilmoqda. Qayd etilishicha, hozirda "Milan" hujumchining jismoniy holatiga baho bermoqda, ammo voqealar rivoji Rojdestvodan keyin davom etishi kutilmoqda.

Joriy mavsumning boshida Jezus xochsimon bog'lamlarining uzilishi tufayli ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi. U safga qaytganidan so'ng uchta o'yinda maydonga tushdi, ammo golli harakat qilmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ