Neymar: "JCh-2026 finalida gol uraman"
21 DEKABR, 2025, 12:12
Evropada "Barselona" va "PSJ" klublarida to'p tepgan braziliyalik yulduz hujumchi Neymar 2026 yilgi jahon chempionati borasida va'da berdi.
"Agar terma jamoamiz mundialning so'nggi o'yiniga etib borsa, hal qiluvchi bahsda gol urishga va'da beraman," - deya 33 yoshli hujumchining so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Eslatib o'tamiz, ayni damda tajribali futbolchi Braziliyaning "Santos" klubi a'zosi hisoblanadi.
