logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kurtua: "Biz o'sishimiz kerak"

 21 DEKABR, 2025, 09:48

"Real Madrid" darvozaboni Tibo Kurtua "Sevilya" ustidan 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

Xabi Alonso shogirdlari Jud Bellingem va Kilian Mbappening gollari evaziga g'alabani qo'lga kiritishdi, ammo belgiyalik darvozabon ham jamoaning g'alabasiga hissa qo'shib, beshta zarbani qaytardi.

"Rostini aytsam, biz o'sishimiz kerak. Bu muhim g'alaba edi, lekin biz yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Umid qilamanki, bu qisqa tanaffus jamoaga foyda keltiradi.

Biz standart vaziyatlar va penaltilar evaziga g'alaba qozondik.

Biz 2026 yilda ancha kuchliroq bo'lishimiz kerakligini tushunamiz", dedi Kurtua intervyusida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ