logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:03
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

APL. «Arsenal» safarda «Everton»ni taslim qildi, «Lids» «Kristal Pelas»ni tor-mor keltirdi

 21 DEKABR, 2025, 03:18

"Arsenal" Angliya chempionatining 17-turida safarda "Everton"ni mag'lub etdi - 1:0.

Yagona gol 27-daqiqada mehmonlarning shvetsiyalik hujumchisi Viktor Dyokeresh tomonidan kiritildi.

"Arsenal" barcha turnirlarda ketma-ket uchinchi g'alabani qo'lga kiritdi. U APL turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi (17 o'yindan keyin 39 ochko). "Everton" 17 o'yindan keyin 24 ochko bilan to'qqizinchi o'rinda bormoqda.

APL. 17-tur

21 dekabr, 01:00

Everton - Arsenal - 0:1

Gol: Dyokeresh, 27 - penaltidan (0:1)

Everton: Pikford, Kin, Tarkovski, Mikolenko, O`Brayen, Garner, Iroegbunam, Alkaras (Rel, 75), Grilish, Makneyl (Dibling, 75), Barri (Betu, 66)

Arsenal: Rayya, Saliba, Inkape, Kalafori, Timber, Subimendi, Rays, Edegor (Merino, 88), Trossar (Martinelli, 80), Saka, Dyokeresh (Gabriel Jezus, 65)

Ogohlantirishlar: Mikolenko, 26. Tarkovski, 39 - Dyokeresh, 56. Martinelli, 89

Turning yana bir o'yinida "Lids" o'z maydonida "Kristal Pelas"ni mag'lub etdi - 4:1.

"Lids" APL turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda (17 o'yindan keyin 19 ochko). "Kristal Pelas" esa sakkizinchi o'rinda (26 ochko).

APL. 17-tur

21 dekabr, 01:00

Lids - Kristal Pelas - 4:1

Gollar: Kalvert-Lyuin, 38 (1:0). Kalvert-Lyuin, 45+4 (2:0). Ampadu, 60 (3:0). Devenni, 90+2 - penaltidan (3:1). Shtax, 90+11 (4:1)

Lids: Perri, Biyol, Streyk, Rodon, Ampadu (Gruev, 87), Aaronson (Tanaka, 77), Shtax, Gudmundsson, Bogl (Djastin, 80), Kalvert-Lyuin (Piru, 87), Okafor (Nonto, 77)

Kristal Pelas: Xenderson, Lakrua, Gexi, Richards, Xyuz (Lerma, 46), Uorton, Mitchell, Klayn (Sosa, 65), Nketia (Devenni, 77), Pino (Dreyks-Tomas, 86), Mateta (Uche, 77)

Ogohlantirishlar: Perri, 90 - Lakrua, 42. Gexi, 45. Uorton, 90

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ