logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xoland Ronalduga etib oldi

 20 DEKABR, 2025, 21:48

Hujumchi Erling Xoland shanba kuni "Vest Xem"ga qarshi o'yinda gol urdi.

Bu gol norvegiyalik futbolchining joriy Angliya Premer-ligasidagi 18-goli va umumiy Premer-ligadagi 103-goli bo'ldi.

Premer-liganing barcha davrlardagi to'purarlar reytingiga nazar tashlasak, Xoland 33-o'rindagi Krishtianu Ronalduga etib oldi.

Portugaliyalik futbolchi "Manchester Yunayted"dagi ikki davri davomida Premer-ligada 103 ta gol urgan.

Krishtianu Ronaldu allaqachon faoliyatida 954 ta golga ega.

Albatta, Erling Xoland bu natijaga erishish uchun hali uzoq yo'l bosib o'tishi kerak.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ