Xoland APL to'purarlar ro'yxatida mutlaq etakchilik qilmoqda
20 DEKABR, 2025, 20:36
Ayni damda Angliya Premer-ligasining o'n ettinchi turida "Manchester Siti" o'z maydonida "Vest Xem"ni qabul qilmoqda.
Xosep Gvardiola shogirdlari dastlabki golni urishga muvaffaq bo'lishdi, Erling Xoland atigi beshinchi daqiqada gol urdi.
Bu gol Xolandning Premer-liga to'purarlar poygasidagi etakchiligini mustahkamladi. Xoland joriy mavsumda 18 ta gol urdi.
"Brentford" vakili Igor Tyago 11 ta gol bilan ro'yxatda ikkinchi o'rinda bormoqda.
