Ronalduning transfer rejalari buzildi: FIFA "An-Nasr"ga sanktsiyalar kiritdi
20 DEKABR, 2025, 16:48
FIFA "An-Nasr"ga qarshi sanktsiyalar kiritdi - Saudiya klubiga yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish taqiqlandi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida ma'lumot paydo bo'ldi.
Ko'rinib turibdiki, ushbu jazo qo'llanilishiga "An-Nasr"ning boshqa klublar oldidagi qarzlari sabab bo'lgan. Mundo Deportivo jurnalistlari Saudiya klubi 2023 yilda Emerik Laport transferi uchun hisob-kitob qilmagan bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Shuningdek, "An-Nasr" Ahmad Musoning transferidan ham qarzdor bo'lishi mumkin.
"An-Nasr" safida yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu to'p tepmoqda. U klubning transferlar bo'yicha ishlarida faol ishtirok etishi taxmin qilinmoqda. FIFA sanktsiyalari Ronaldu va umuman klubning rejalarini buzishi mumkin.
