logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Xamann "Liverpul" Isakni sotib yuborishini taxmin qildi

 20 DEKABR, 2025, 14:12

"Liverpul"ning sobiq yarim himoyachisi Ditmar Xamann shvetsiyalik hujumchi Aleksandr Isak bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.

Futbolchi mavsum boshida "Nyukasl"dan 130 mln funt evaziga transfer qilingandi, ammo undan kutilgan darajadagi o'yin ko'rsata olmayapti.

Nemis mutaxassisining fikricha, agar Isak mart-aprel oylarigacha formaga kirmasa, uni sotish kerak.

"Agar Aleksandr Isakning ishlari mart yoki aprelga qadar o'nglanmasa, "Liverpul" katta ehtimol bilan yozda uni "Barselona"dek klubga sotish bo'yicha muzokaralarni boshlaydi.

Aleksandrga da'vogarlar ko'p bo'ladi, chunki u "Nyukasl Yunayted"da o'z qobiliyatini ko'rsatdi," - dedi Xamann The Mag nashriga.

Isak bu mavsum "Liverpul" safida 15 ta o'yinda maydonga tushdi. Hujumchi hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ