Slot "Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin "Liverpul"ning kadrlar bilan bog'liq vaziyati haqida ma'lumot berdi
20 DEKABR, 2025, 14:00
"Liverpul" ustozi Arne Slot Premer-liga doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi safar o'yini oldidan jamoadagi kadrlar masalasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Gakpoda tekshiruv natijalari yaxshi chiqdi, shuning uchun biz endi unchalik tashvishlanmaymiz. U kutilganidan ertaroq qaytishi mumkin, lekin ertaga emas. Jo Gomes ham ertaga tarkibda bo'lmaydi. Dominik Soboslai kecha birinchi marta mashg'ulot o'tkazdi. Ko'ramiz, u o'zini qanday his qilarkin," - dedi Slot kechagi matbuot anjumanida.
"Tottenxem" va "Liverpul" o'rtasidagi uchrashuv 20 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:30da start oladi.
