"Liverpul" va "Tottenxem" sobiq futbolchisi faoliyatini yakunladi
20 DEKABR, 2025, 13:54
"Liverpul", "Tottenxem" va Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Stiven Koker 33 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunladi.
Koker so'nggi bor Islandiyaning "Styarnan" klubi sharafini himoya qilgan.
Koker "Liverpul", "Tottenxem", "KPR", "Sautgempton" va Turkiyaning "Fenerbahche" klublarida o'ynab, mashhurlikka erishdi. E'tiborlisi, u 2012 yilda Shvetsiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida Angliya terma jamoasi safida gol urgan.
2022 yilda himoyachi Serra-Leoneni xalqaro miqyosda himoya qilishga qaror qildi va terma jamoa safida 18 ta o'yinda maydonga tushdi.
