Flik "Barselona" yarim himoyachisiga yangi pozitsiya topib berdi
20 DEKABR, 2025, 13:06
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik rotatsiyalarni davom ettirib, o'ng qanot himoyasida yarim himoyachi Mark Kasadoni o'ynatishga qaror qildi.
22 yoshli futbolchi Ispaniya kubogining so'nggi turida "Deportivo Gvadalaxara"ga qarshi o'yinda o'ng qanot himoyachisi sifatida harakat qildi. Uchrashuv 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi va ispaniyalik futbolchi 75-daqiqagacha o'ynadi, shundan so'ng u zaxiraga olindi. Marca xabariga ko'ra, Flik bundan keyin ham Kasadoni himoyaning o'ng tomonidagi variantlardan biri sifatida ko'radi. Xavbek kamida mavsum oxirigacha Erik Garsiya bilan birga Jyul Kundening muqobil variantlari qatorida qoladi.
Yakshanba kuni "Barselona" va "Vilyarreal" o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tadi.
