Dyokereshning "Arsenal"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonishmoqda
20 DEKABR, 2025, 13:00
Londonning "Arsenal" klubi sobiq himoyachisi Sol Kempbell hujumchi Viktor Dyokereshning muvaffaqiyatiga ishonmoqda.
Inglizning so'zlariga ko'ra, shvetsiyalik hujumchida Premer-ligada o'zini ko'rsatish uchun hamma narsa bor.
"Dyokeresh jamoadoshlari uning ochilish uslubini tushunishsa, APL tempi va shiddatiga ko'niksa, hammasi yaxshi bo'lib ketadi. U tom ma'noda shu chempionat uchun yaratilgan. Sheriklari uning to'g'ri pozitsiyada turgan paytda uzatma berishni o'rganishlari qoldi, xolos. Har bir markaziy hujumchining o'z xohishi bor, har kim to'pni o'zicha qabul qilishni istaydi," - deya Kempbellning so'zlarini keltiradi ingliz OAV.
Viktor Dyokeresh "Arsenal" safida 19 ta o'yinda 6 ta gol urgan.
