logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:37
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donnarumma Gvardiola bilan munosabatlari qanday ekanligini aytib berdi

 20 DEKABR, 2025, 12:54

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan munosabatlari haqida gapirdi.

"Men Pepni juda hurmat qilaman. Bizning munosabatlarimiz a'lo darajada, u menga turli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilish va xotirjamlikni saqlashga yordam beradi. Bunday murabbiy bilan ishlashni hamma orzu qiladi. Uning jamoasida bo'lish baxtiga muyassar bo'ldim. Umid qilamanki, biz bu erda yana ko'p yillarni birga o'tkazamiz va klubga tarixni qayta yozishda yordam beramiz. Men uchun bu o'zgacha," - deya "shaharliklar" darvozabonining so'zlarini keltiradi Sport Witness.

Janluiji Donnarumma "Manchester Siti"ga sentyabr oyida Frantsiyaning "PSJ" klubidan ko'chib o'tgandi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ