logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Grizmann oldida 3 ta aniq taklif bor

 20 DEKABR, 2025, 12:54

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Antuan Grizmannga boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.

34 yoshli futbolchini "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni), "Al-Vahda" (BAA) va "Sharlott" (AQSh) o'z safiga qo'shib olmoqchi - uchala da'vogar ham allaqachon frantsuzga aniq takliflar bilan chiqqan, deb yozadi jurnalist Ekrem Konur.

Vaziyatni "Inter Mayami", "Lion", "Yuventus" va "Galatasaroy" klublari ham kuzatib bormoqda.

Antuan Grizmanning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda hujumchi sakkizta gol urdi va bir marta jamoadoshlariga golli uzatma berdi, "matraschilar" safida barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ