logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 15:59
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Gvardiola nega "Manchester Siti"dan ketmayotganini aytdi

 20 DEKABR, 2025, 09:12

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdagi faoliyatini davom ettirishga nima undayotganini aytdi.

Ispaniyalik futbolchi "shaharliklar" boshqaruviga 2016 yilning yozida kelgandi. O'tgan mavsum davomida mutaxassis 2027 yilning yarmigacha mo'ljallangan yangi shartnoma imzoladi.

"Meni yangi xodimlar, yangi o'yinchilar ruhlantiradi. Agar men o'n yil davomida bir xil odamlar bilan ishlaganimda, ulardan charchagan bo'lardim va ular mendan qanchalik charchashlarini tasavvur ham qilolmaysiz. Safimizga Husanov, Reys, Echeverri, Marmush, Ait-Nuri, Niko Gonsales va boshqa yangilar qo'shildi. Ularga moslashishga, jamoaga qo'shilishga, yaxshiroq bo'lishga yordam berishni xohlayotganimni his qildim.

Biz ilgari qilgan ishlarimizdan butunlay boshqacha ish qilyapmiz. Agar shuncha vaqt davomida bizda bir xil taktika, bir xil tarkib bo'lganida, men bu erda o'n yil ushlanib qolmasdim. Hech qachon", - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ