logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:39
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Transfermarkt 30 yoshdan oshgan eng qimmat futbolchilar reytingini taqdim etdi

 20 DEKABR, 2025, 08:12

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali dunyoning 30 yoshdan oshgan eng qimmat o'n nafar futbolchisining yangilangan reytingini taqdim etdi.

Ushbu reytingda "Bavariya"ning 32 yoshli angliyalik hujumchisi Xarri Keyn etakchilik qilmoqda, u 65 mln evroga baholanmoqda. Ikkinchi o'rinda uning 30 yoshli jamoadoshi germaniyalik yarimhimoyachi Yozua Kimmix (40 mln evro), uchinchi o'rinda "Manchester Yunayted"dan 31 yoshli portugaliyalik Brunu Fernandesh (40 mln evro) bormoqda.

To'liq reyting quyidagicha:

Xarri Keyn («Bavariya», 32 yosh) — € 65 mln; Yozua Kimmix («Bavariya», 30 yosh) — € 40 mln; Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted», 31 yosh) — € 40 mln; David Rayya («Arsenal», 30 yosh) — € 35 mln; Markinos («PSJ», 31 yosh) — € 30 mln; Muhammad Saloh («Liverpul», 33 yosh) — € 30 mln; Andre Zambo Angissa («Napoli», 30 yosh) — € 27 mln; Bernardu Silva («Manchester Siti», 31 yosh) — € 27 mln; Joau Palinya («Tottenxem Xotspur», 30 yosh) — € 25 mln; Djek Grilish («Everton», 30 yosh) — € 25 mln.

Portugaliyalik Krishtianu Ronaldu (12 mln evro) va argentinalik Lionel Messi (15 mln evro) kabi yulduz hujumchilar reytingga kiritilmagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ