"Lans" klub rekordini takrorladi
20 DEKABR, 2025, 07:48
Frantsiyaning "Lans" klubi tobora o'sib bormoqda, ayni damda klub Frantsiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, shuningdek, mamlakat kubogining keyingi bosqichiga yo'l oldi.
Bu "Feni-Olnua" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g'alabadan keyin sodir bo'ldi. Endilikda "Lans"ning g'alabali seriyasi ketma-ket ettita o'yinni tashkil etmoqda. Bu shu paytgacha ikki marta qayd etilgan klub rekordining takrorlanishi bo'ldi.
Dastlab, 1998 yil bahorida "Lans" Frantsiya chempioni bo'lganida, klub barcha turnirlarda ketma-ket ettita g'alabaga erishgan.
Keyin u 2022/2023 yilgi mavsum oxirida takrorlandi.
