logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

La Liga. "Valensiya" o'z maydonida "Malorka"ni yuta olmadi

 20 DEKABR, 2025, 05:12

"Valensiya" o'z maydonida Ispaniya chempionatining 17-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Malorka"ni mag'lub eta olmadi - 1:1. O'yin "Mestalya" stadionida bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi dastlabki gol 23-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Samuel Koshta tomonidan kiritildi. Mezbonlar hujumchisi Ugo Duro ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirdi.

"Valensiya" 16 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda. "Malorka" (18) 14-pog'onadan joy olgan.

La Liga. 17-tur
20 dekabr, 01:00
Valensiya - Malorka - 1:1
Gollar: Koshta, 23 (0:1). Duro, 52 (1:1)
Valensiya: Agirresabala, Kopete, Tarrega, Xose Gayya, Korreya (Fulke, 76), Pepelu, Ugrinich (Gerra, 72), Andre Almeyda I (Gruneveld, 76), Rioxa (Ramazani, 72), Duro, Beltran (Diego Lopes, 87)
Malorka: Roman, Raylo, Valent, Moxika, Maffeo, Morlanes (Darder, 58), Koshta, Djozef (Morey, 87), Virxili (Kumbulla, 66), Sanches (Asano, 87), Murichi
Ogohlantirishlar: Ugrinich, 66. Duro, 90 - Koshta, 46. Roman, 79. Djozef, 87

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ