«Peres Tebasni yo'qotmoqchi»
19 DEKABR, 2025, 23:06
"Barselona" prezidenti Joan Laporta La Liga rahbari Xaver Tebas bilan o'zaro munosabatlar haqida gapirdi.
"U bilan munosabatlarim halol va murakkab, ular tiklandi. Tebas har doim va'dasining ustidan chiqadi.
Florentino Peres Tebasdan qutulmoqchi: u undan norozi va uning o'ziga qarshi ekanini aytadi.
Tebasni chetlatish istagi menda shubha uyg'otadi. Shuning uchun men [Xaver bilan] munosabatlarimizni saqlab qolishga va men hech narsa bilmaydigan qandaydir [La Liganing yangi prezidentiga] ishonib, tavakkal qilmaslikka umid qilaman," - dedi Laporta.
