"Aston Villa" APL chempionligi uchun kurasha oladimi? Amorim javob berdi
19 DEKABR, 2025, 22:06
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Aston Villa" Angliya Premer-ligasi chempionligini uchun kurasha oladimi degan savolga javob berdi.
"Har qanday narsa bo'lishi mumkin. Ularda katta tajribaga ega murabbiy bor. "Aston Villa" juda etuk jamoa ekanligini ko'rishingiz mumkin, ular hisobda ortda qolayotganda ham xotirjamlikni yo'qotmaydilar va g'alaba qozonganda ham vahimaga tushmaydilar. Ular juda kuchli jamoa. Ular chempionlik uchun oxirigacha kurashadilarmi? Bilmadim, lekin ular bunga qodir", dedi Amorim juma kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida.
"Aston Villa" va "Manchester Yunayted" 21 dekabr kuni o'ynashadi. Birmingem klubi Premer-liga jadvalida uchinchi o'rinda, birinchi o'rindan uch ochko ortda qolmoqda.
